- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Qon tahlilini topshirishdan oldin nimalarga e'tibor berish kerak
Tahlillar
Qon tahlilini topshirishdan oldin nimalarga e'tibor berish kerak
Qon tahlili ko'plab kasalliklarni aniqlashda muhim rol o'ynaydi. Lekin natija to'g'ri bo'lishi uchun tahlilga to'g'ri tayyorlanish zarur.
Asosiy qoidalar:
- Och qoringa topshiring. Ko'pchilik tahlillar oxirgi ovqatdan kamida 8–12 soat o'tgach topshiriladi. Suv ichish odatda ruxsat etiladi.
- Ertalab topshiring. Qon tahlili uchun eng mos vaqt — ertalab soat 8 dan 11 gacha. Bu vaqtda organizmning biologik ko'rsatkichlari barqaror bo'ladi.
- Spirtli ichimliklardan voz keching. Tahlildan kamida 24 soat oldin spirt ichimliklar ichmaslik kerak, ba'zi tahlillar uchun — 48 soat.
- Chekmaslik. Tahlildan bir soat oldin chekmaslik kerak.
- Dori vositalarini hisobga oling. Agar dori ichsangiz, shifokoringizga ayting. Ba'zi dorilar tahlil natijasiga ta'sir qilishi mumkin.
- Stress va jismoniy faollikdan saqlaning. Tahlildan oldin 30 daqiqa tinch o'tiring.
Bu oddiy qoidalarga rioya qilinsa, aniq va ishonchli natija olish kafolatlanadi.